Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BAYRAM TABRIGI

×

 2020-03-20 13:52:44    108

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani hokimi I. Novikovning Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan tuman ahliga

BAYRAM TABRIGI

Assalomu alaykum, aziz va muhtaram yurtdoshlar!

Ko’klam nafa­si ko’ngillarimizda beg’ubor his-tuyg’u­lar uyg’otayotgan ushbu qutlug’ kunlarda, bar­cha­miz tinch va osoyishta yurtimizning yana bir qadi­miy shodiyonasi - Navro’z umumxalq bayra­mi­ni ko’tarinki kayfiyat, shodu xurramlik bilan kutib olmoqdamiz.

Fursatdan foydalanib, tumanimiz ahlini yangilanish va yasharish ayyomi, mehr-oqibat, ezgulik, yaratuvchanlik va go’zallik ramzi, milliy qadriyatlarimiz timsoli bo’lgan Navro’zi olam bilan chin qalbimdan sami­miy muborakbod etaman.

Navro’z - azaliy milliy qadriyatlar timsoli, mehr-oqibat, saxovat va ezgulik ramzi hisoblanadi. Ushbu bayram xalqimizning bag’rikenglik, yaxshilik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlarini o’zida namoyon etadi.

Navro’z bayrami arafasida tumanimizning har bir hududida obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari tashkil etilib, hashar o’tkazilishi an'ana tusini olgan. Bunday ezgu an'analar esa xalqimizni yanada jipslashtirib, jamiyatda tinchlik, totuvlik, bag’rikenglik va bunyodkorlik muhitini tobora mustahkamlashga zamin yaratadi.

Navro’z kunlarida faqat yaxshiliklar haqida gapiriladi, Yaratgandan qut-baraka tilab, ishga kirishiladi.

Bu yil ham har yilgidan kam bo’lmagan rejalar belgilanib, ishlar boshlangan.

Darhaqiqat, mamlakatimizda Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning g’oyalari, tashabbuslari va bevosita rahnamoligi ostida olib borilayotgan islohotlar, reja va dasturlar amaliy sa'iy-harakatlar avvalambor inson va uning manfaatlari,  farovon hayoti, xavfsizligi va orzu tilaklarining ro’yobga chiqishi uchun qaratilgandir.

Buni birgina tumanimiz misolida kuzatadigan bo’lsak,  so’ngi yillar davomida tumanimiz markazi yildan yilga ko’rkamlashib, bir biridan salobatli binolar qad rostladi, qishloq massivlarida esa namunaviy loyihalar asosida zamonaviy, barcha qulayliklarga ega, shaharlardagi uylardan qolishmaydigan, kommunikatsiya tarmoqlari mujassam bo’lgan uy-joylar qurilib foydalanish uchun topshirildi va bunday bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.

Investitsiya Davlat dasturi doirasida umumta'lim maktablarimizda kapital rekonstruksiya ishlari olib borilib, yangi o’quv binolari, sport sog’lomlashtirish zallari qurilib, tumanimiz yoshlarining zamon talablari asosida puxta bilim olishlari uchun jahon andozalariga mos o’quv maskanlari bilan ta'minlandi.

Tumanimizda amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik ishlaridan g’ururlangan bobo-dehqon fermerlarimiz, sohibkoru sabzavotkorlarimiz Navro’zi olamni yangi-yangi maqsadlar bilan kutib, dalalarga baraka urug’i qadayotgan bo’lsalar, sohibkoru chorvadorlar, dehqon xo’jaligi a'zolari baland ruh, jo’shqin kayfiyat bilan yuksak marralarni ko’zlab, mehnat qilishayotganligi barchamizni birdek quvontiradi.

Har yilgidan yuksak paxta va g’alla xirmoni bunyod etish, el dasturxoniga mo’l-ko’l qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetkazib berib, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishga munosib hissa qo’shish fermerlarimizning azmu qaroridir.

O’lkamizga tashrif buyurayotgan, ko’ngillarni, borliqni obodlikka, ezgulikka chulg’ayotgan Navro’zi olam Vatanimizning, jumladan, tumanimizning har bir fuqarosini bunyodkorlik tuyg’usi bilan yashashga chorlab turibdi. 

Muhtaram Prezidentimiz takidlaganlaridek, barchamizning harakat va intilishlarimiz negizida, avvalambor, yurtimizni, tumanimizni har tomonlama obod qilish, tinch, to’kis va farovon hayot barpo etish g’oyasi mujassamdir.

Aziz yurtdoshlar!

Yaqinlashayotgan eng ardoqli va eng sevimli Navro’zi olam barchamizga muborak bo’lsin!

Oilalaringiz, xonadonlaringizdan fayzu baraka arimasin. Keksalarimizga umri ziyodalik, oilasi, jamiyati, yurti ravnaqi yo’lida halol va fidokorona mehnat qilayotganlarga kuch-quvvat, yoshlarimizga fidoiylik, mustahkam sog’liq tilayman.

Vatanimiz tinch, osmonimiz hamisha musaffo bo’lsin, azizlar. Yangi kun, Sharqona yilboshi tumanimiz ahli uchun ham barorli va barakotli kelsin!

Yana bir bor Navro’z bayramingiz  qutlug’ bo’lsin!