Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tuman hokimining QARORI

×

 2020-03-17 13:13:07    104

PDF yuklash
Chop etish


Tuman hokimining QARORI

2020 yil 11 mart                             № 153                      Shodlik MFY, Baxmal ko‘chasi 5-uy

Viloyat hokimining 2020 yil 20 fevral kungi 60-sonli qarori haqida

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 oktyabrdagi “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5552-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta‘minlash maqsadida va viloyat hokimining 2020 yil 20 fevraldagi 60-sonli qarori hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan,

QAROR QILAMAN:

1.      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018  yil 11 oktyabrdagi “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha  chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5552-sonli Farmonining 1-bandi v-qismida belgilangan vazifalar hamda viloyat hokimining 2020 yil 20 fevral kungi 60-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2.      Viloyat hokimining mazkur qarori bilan:

Viloyat Moliya bosh boshqarmasining 2020 yil 12 fevral kungi 01/05-38/81-sonli, Davlat soliq boshqarmasining 2020 yil 12 fevral kungi 14-01528-sonli, Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining 2020 yil 12 fevral kungi 07/01-353-sonli xatlari asosida kiritilgan takliflari inobatga olinganligi, hamda Farg‘ona viloyati shahar va tumanlari uchun yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi bilan berish maqsadida o‘tkaziladigan elektron auksion savdolarida yer uchastkasining boshlang‘ich narxlari 2020 yil I yarim yillik uchun ilovaga muvofiq beligalanganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.

3.      Tuman Moliya bo‘limi (I.Akbarov) tushumlarning o‘z vaqtida taqsimlanishi va maqsadli sarflanishi yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatsin.

4.      Tuman hokimi o‘rinbosari B.Qurbonov, tuman Qurilish bo‘limi (Sh.Ismoilov), tuman Yer resurslari davlat kadastri bo‘limi (R.Axmadaliyev) bilan birgalikda:

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida auksion orqali sotishda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning miqdori va turlari bo‘yicha takliflarni muntazam ravishda viloyat Hududiy tanlov komissiyasiga taqdim etilishini ta'minlasin;

yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish maqsadida belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarilishini ta'minlasin;

auksion savdolarda sotilgan yer maydonlaridan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan doimiy ravishda monitoring olib borsin, yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda yer uchastkasini zahiraga olish choralarini ko‘rsin.

5.        Tuman hokimligi Axborot xizmati (Yo.Qosimova), “Istiqbol yo‘li” (U.Xudoyberganova) tahririyatiga mazkur qarorning to‘liq matnini matbuotda e'lon qilish tavsiya etilsin.

6.      Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimi o‘rinbosari B.Qurbonov zimmasiga yuklatilsin.


Tuman hokimi                                               I. Novikov.