Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ DEPUTATLARI QO‘SHTEPA TUMANI KENGASHINING QARORI

×

 2020-03-16 17:19:48    147

PDF yuklash
Chop etish


 

XALQ DEPUTATLARI QO‘SHTEPA TUMANI KENGASHINING QARORI

2020 yil 11 mart                   № 39/6-6

Qo‘shtepa tumani hududidagi ko‘chalarga nom berish hamda ayrimlarining nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha tuman komissiyasining 2020 yil 10 mart kungi № 71-b-sonli yig‘ilish bayonini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasiga muvofiq, Xalq deputatlari Qo‘shtepa tumani kengashi

QAROR  QILADI:

1. Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha tuman komissiyasining 2020 yil 10 mart kungi № 71-b-sonli yig‘ilish bayoni ma'lumot uchun qabul qilinsin.

2. Mahalla fuqarolar yig‘inlarining takliflariga asosan:

Qorajiyda mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 5 ta ko‘chaga “Qorajiyda”, “Olmazor”, “Madaniyat”, “Chorvador”, “Sadoqat” nomlari;

Solijonobod mahalla fuqarolar yigini hududidagi 24 ta ko‘chaga “Yuksalish”, “Ufq”, “Zamin”, “Nurxon”, “Anorzor”, “Karvon”, “Fazogir”, “Nodirabegim”, “Tabarruk”, “Hamdo‘stlik”, “Bo‘stonobod”, “Solijonobod”, “Jasorat”, “Fayz”, “Namuna”, “Qadriyat”, “Ko‘makdosh”, “Zarbdor”, “Chamanzor”, “Gulzor”, “Mingchinor”, “Mezon”, “Afsona”, “Shajara” nomlari;

Katta Beshkapa mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 4 ta ko‘chaga “Adolat”, “Bog‘imaydon”, “Hayot”, “Zakovat” nomlari;

Qayrag‘och mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 9 ta ko‘chaga “Mustaqillik”, “Mullaqayrag‘och”, “Mehribonlik”, “Ziyolilar”, “Shodlik”, “Tinchlik”, “Tadbirkor”, “Ma'rifat”, “Do‘stlik” nomlari;

Kichik Beshkapa mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 3 ta ko‘chaga “Ravnaq”, “Nurafshon”, “Zakovat” nomlari;  

Shahartepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 9 ta ko‘chaga “Mustaqillik”, “Shahartepa”, “Do‘stlarobod”, “Anorbog‘”, “Hamjixatlik”, “Movarounnahr”, “Chilangar”, “Ko‘prikboshi”, “Mingterak” nomlari;

Istiqbol mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 8 ta ko‘chaga “Murabbiylar”, “Meros”, “Ishchilar”, “Dehqonobod”, “Ko‘klam”, “Obod”, “Farg‘ona”, “Oqbilol” nomlari;

Soy bo‘yi mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 5 ta ko‘chaga “Archazor”, “Sahovat”, “Soy yoqasi”, “Xolis”, “Sardoba” nomlari;

Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 7 ta ko‘chaga “Mexanizator”, “B. Marg‘iloniy”, “Og‘aliq” “Mullaqayrag‘och”, “Tokzor”, “O‘rikzor”, “Kichik O‘rikzor” nomlari;

Mumtoz mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 5 ta ko‘chaga “Sherdor”, “Mumtoz”, “Nuroniylar” “Mash'al”, “Munavvar” nomlari;

Qumtepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 17 ta ko‘chaga “B. Marg‘iloniy”, “Ziyokor”, “Charog‘on” “Qumtepa”, “Ezgu”, “Ravon”, “Latif”, “Hamkorlik”, “Uzumzor”, “Bozorboshi”, “Shoxjahon”, “Teraktagi”, “Chaman”, “Navoiy”, “Tashabbus”, “Iqtidor”, “Kamolot” nomlari;

Loyson mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 6 ta ko‘chaga “Dilkash”, “Toshloq”, “Inoqlik” “Mulkobod”, “Sarbon”, “Buyuk Ipak yo‘li” nomlari;

Qizilariq mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 8 ta ko‘chaga “Sayohat”, “Muruvvat” “Roxat”, “To‘rtchinor”, “Mardona”, “Shahriston”, “Baxt”, “Yoshlar” nomlari;

Baland masjid mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 13 ta ko‘chaga “Navro‘z”, “Ko‘prikboshi”, “Maktab” “Norin”, “Rovvot”, “Ziyo”, “Navqiron”, “Sayilgoh”, “Ma'rifat”, “Barkamollik”, “Bodomzor”, “Shijoatkor”, “Olamgir” nomlari;

Namuna mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 3 ta ko‘chaga “Mustaqillik”, “Ahillik”, “Qayilma” nomlari;

Yo‘ldoshobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 5 ta ko‘chaga “B. Marg‘iloniy”, “Beruniy”, “Toshbuloq”, “Bobur”, “Sharshara” nomlari;

Qamishtepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 4 ta ko‘chaga “Mustaqillik”, “Serquyosh”, “Chorbog‘” “B. Marg‘iloniy” nomlari;

Dehqonobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 3 ta ko‘chaga “Sixatgoh”, “Mustaqillik”, “Dilkash” nomlari;

Qo‘rg‘oncha mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 6 ta ko‘chaga “Yakkatut”, “Yangibo‘ston”, “Obodlik”, “Yangibog‘”, “Pillakor”, “Paxtaobod” nomlari;

Sarmozor mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 6 ta ko‘chaga “Bog‘iston”, “Yunusobod”, “Bodomzor”, “Guliston”, “Sarmozor”, “Sharq” nomlari;

Garmdon mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 11 ta ko‘chaga “Terakzor”, “Qo‘shtol”, “Ariqbo‘yi” “Qo‘shtepa”, “Kattasoy”, “Navbahor”, “Markaz”, “Shamshod”, “Shodlik”, “Yorqin”, “Farovonlik” nomlari;

Shakar mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 3 ta ko‘chaga “Obodlik”, “Xunarmandlar”, “Musaffo” nomlari;

Fayz mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 4 ta ko‘chaga “Obodlik”, “Zarafshon”, “Fayzli”, “Oydinko‘l” nomlari; 

Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 6 ta ko‘chaga “Mustaqillik”, “Oltin vodiy”, “Nuroniylar” “Mash'al”, “Munavvar”, “Obodlik” nomlari;

Qorakaltak mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 5 ta ko‘chaga “Shaftolibog‘”, “Ma'rifat”, “Xamid Olimjon”, ”Muqimiy”, “Bozorboshi” nomlari;

O‘rta O‘qchi mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 2 ta ko‘chaga “O‘qchi”, “O‘rta O‘qchi” nomlari;

Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 5 ta ko‘chaga “Faxr”, “Iltifot”, “Farog‘at”, “Kumushbuloq”, “Qumqo‘rg‘on” nomlari;

Qoraqushchi mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 5 ta ko‘chaga “Turon”, “Hamkor”, “Gulobod”, “Bog‘imaydon”, “Ravnaq” nomlari;

Xumdon mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 3 ta ko‘chaga “Baxt”, “Nurafshon”, “Xumdonobod” nomlari;

O‘qchi mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 10 ta ko‘chaga “Pastki O‘qchi”, “Behizor”, “Sabo”, “Uzumzor”, “Osuda”, “Iqbol”, “Giloszor”, “Yangi Farg‘ona”, “O‘rta O‘qchi”, “Buloqboshi” nomlari;

Quvurboshi mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 11 ta ko‘chaga “Ko‘ksaroy”, “Fidokorlar”, “Bodomzor” “Sayilgoh”, “Ma'rifat”, “Bog‘dorchilik”, “Qo‘rg‘oncha”, “Mirishkor”, “Shijoatkor”, “Sarmozor”, “Guliston” nomlari;

G‘ishtmon mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 7 ta ko‘chaga “Fidoiy”, “Dilxush”, “Yangiariq”,  “Ohang”, “Badish”, “G‘ishtmon”, “Ibn Sino” nomlari;

Ko‘prikboshi mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 4 ta ko‘chaga “Obodlik”, “Buloqboshi”, “Kattaariq”, “Mustaqillik” nomlari;

Oqtepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 9 ta ko‘chaga “B. Marg‘iloniy”, “Sharshara”, “G‘uncha”, “Istiqlol”, “Tepatagi”, “Nayman”, “Chingiz Aytmatov”, “Ko‘kaldosh”, “Oydinbuloq” nomlari;

Qiyqi mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 7 ta ko‘chaga “Archazor”, “Behizor”, “Sohibkor”, “Sardoba”, “Shohimardon”, “Chinortepa”, “Zargarlik” nomlari;

Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 5 ta ko‘chaga “Nokzor”, “Oydin”, “Kanalbo‘yi”, “Zarbdor”, “Bunyodkor” nomlari;

Xo‘jaqishloq mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 2 ta ko‘chaga “Qorajiyda”, “Hamjihat” nomlari;

Xalqobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 8 ta ko‘chaga “Qorajiyda”, “Uchqun”, “Murabbiylar”, “Shaffof”, “Me'mor”, “Gilamchi”, “Hamjihat”, “Barhayot” nomlari;

Do‘rmon mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 6 ta ko‘chaga “Kichikbog‘”, “Ulug‘vor”, “Shodon”, “Do‘rmontepa”, “Istiqbol”, “Tasvir” nomlari;

Yangi ariq mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 4 ta ko‘chaga “Nufuz”, “Yangibo‘ston”, “Navnihol”, “Yangiqo‘rg‘on” nomlari;

Katta boltako‘l mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 7 ta ko‘chaga “Yoshlik”, “Kattaboltako‘l”, “Ariqboshi”, “Kashfiyot”, “Sadaf”, “Ittifoq”, “Qayrag‘och” nomlari;

Vatan mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 7 ta ko‘chaga “Farovon”, “Paxtakor”, “Kattaboltako‘l”, “Tolzor”, “Gulshan”, “Nokzor”, “Shifokorlar” nomlari;

Karnaychi mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 3 ta ko‘chaga “Shohimardon”, “Chinortepa”, “Archazor” nomlari;

Shomirza mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 3 ta ko‘chaga “Mustaqillik”, “Chinobod”, “Mirzo Ulug‘bek” nomlari;

Paxtakor mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 5 ta ko‘chaga “Elobod”, “Marg‘ilonsoy”, “Tegirmonboshi”, “Yoshlarobod”, “Orzu” nomlari;

Sohibkor mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 10 ta ko‘chaga “Chimkent”, “Bog‘chasaroy”, “Sohibkor”, “Extirom”, “Mushtarak”, “Fayoz”, “Xiyobon”, “Isfayramsoy”, “Archazor”, “Taraqqiyot” nomlari;

Yangi do‘kon mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 6 ta ko‘chaga “Yangi do‘kon”, “B.Marg‘iloniy”, “Soy bo‘yi”, “Sardoba”, “Fayz”, “Anhor” nomlari;

Eshonguzar mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 11 ta ko‘chaga “G‘allakor”, “Ipakchilar”, “Shijoatkor”, “Yangi mahalla”, “Eshonguzar”, “Ziroatkor”, “Nafis”, “Olamgir”, “Chinor”, “Nihol”,  “Bodomzor” nomlari;

Borot mahalla fuqarolar yig‘inida 10 ta ko‘chaga “Zarchashma”, “Terakzor”, “Orzu”, “Farovonlik”, “Yorqin”, “Shodlik”, “Markaz”, “Navbahor”, “Hamroh”, “Kattasoy” nomlari;

Shodlik mahalla fuqarolar yig‘inida 6 ta ko‘chaga “Mevazor”, “O‘zbekiston”, “Mirobod”, “Hamkorlik”, “Nurobod”, “Baxmal” nomlari;

Langar mahalla fuqarolar yig‘inida 4 ta ko‘chaga “Mardlik”, “Mustaqillik”, “Bog‘ishamol”, “Yordon” nomlari tasdiqlansin.

3. O‘zbekiston xalqining ma'naviy-etnik hamda tarixiy - madaniy meros, qadriyatlariga mos kelmagan ko‘chalar nomlari quyidagicha:

-Qorajiyda mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Gilamchi-1” ko‘chasining nomi “Imkon” nomiga, “Gilamchi-2” ko‘chasining nomi “Iqbol” nomiga, “Gilamchi-3” ko‘chasining nomi “Jasorat” nomiga;

-Solijonobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Ozodlik” ko‘chasining nomi “Sobitqadam” nomiga, “A.Qahhor” ko‘chasining nomi “Maftunkor” nomiga;

-Kichik Beshkapa mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Xilol-2” ko‘chasining nomi “Subhidam” nomiga, “Hilol-1” ko‘chasining nomi “Hilol” nomiga;

-Shahartepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Sayxun” ko‘chasining nomi “Mehrigiyo” nomiga, “Jayxun” ko‘chasining nomi “Yog‘du” nomiga, “Susambul” ko‘chasining nomi “Vodiy” nomiga, “Ozodlik” ko‘chasining nomi “Zamondosh” nomiga;

-Istiqbol mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Murabbiylar-1” ko‘chasining nomi “Ustozlar” nomiga, “Murabbiylar-2” ko‘chasining nomi “Zakovat” nomiga;

-Soy bo‘yi mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Sahovat-2” ko‘chasining nomi “Benazir” nomiga;

-Qizilariq mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Nizomiy” ko‘chasining nomi “Nurli zamin” nomiga, “Qoraariq” ko‘chasining nomi “Obod diyor” nomiga;

-Namuna mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Voris” hamda “Chimqo‘rg‘on” ko‘chalarining nomi “Baxmal” nomiga;

-Yo‘ldoshobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Anjuman” ko‘chasining nomi “Yangi diyor” nomiga;

-Qamishtepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Serquyosh-2” ko‘chasining nomi “Nihol” nomiga;

-Sarmozor mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Sharq-1” ko‘chasining nomi “Zakovat” nomiga, Sharq-2” ko‘chasining nomi “Mardonavor” nomiga, “Poytaxt-A” ko‘chasining nomi “Poytaxt” nomiga;

-Qorakaltak mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Shaftolibog‘-2” ko‘chasining nomi “Navbahor” nomiga, “Ma'rifat-2” ko‘chasining nomi “Subhidam” nomiga, “Muqimiy-2” ko‘chasining nomi “Kelajak” nomiga;

-G‘ishtmon mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “O‘rdaboshi” ko‘chasining nomi “Nafosat” nomiga, “Chimq‘org‘on” ko‘chasining nomi “Javohir” nomiga;

-Oqtepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Hurriyat quyoshi” ko‘chasining nomi “Ezgulik” nomiga;

-Xo‘jaqishloq mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Qorajiyda-1” ko‘chasining nomi “Zarbdor” nomiga, “Qorajiyda-2” ko‘chasining nomi “Ziynat” nomiga, “Istirohat-1” ko‘chasining nomi “Samimiyat” nomiga, “Istirohat-2” ko‘chasining nomi “Iftixor” nomiga, “Jiydatepa” ko‘chasining nomi “Nurli tong” nomiga;

-Xalqobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Jiydatepa” ko‘chasining nomi “Nurli tong” nomiga;

-Do‘rmon mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Do‘rmon” ko‘chasining nomi “Ibrat” nomiga, “Do‘rmon-1” ko‘chasining nomi “Barokat” nomiga, “Do‘rmon-2” ko‘chasining nomi “Beqiyos” nomiga, “Baynalminal” ko‘chasining nomi “Baraka” nomiga, “Ulug‘vor-1” ko‘chasining nomi “Ilg‘or” nomiga, “Ulug‘vor-2” ko‘chasining nomi “Osuda” nomiga;

-Vatan mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Isfaxon” ko‘chasining nomi “Parvoz” nomiga, “Furqat” ko‘chasining nomi “Yangizamon” nomiga;

-Karnaychi mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Behizor-2” ko‘chasining nomi “Bobodehqon” nomiga, “Behizor-1” ko‘chasining nomi “Behizor” nomiga;

-Shomirza mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Gulbog‘-1” ko‘chasining nomi “Billur” nomiga, “Gulbog‘-2” ko‘chasining nomi “Guldasta” nomiga,

“Gulbog‘-3” ko‘chasining nomi “Obi hayot” nomiga;

-Eshonguzar mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Shijoatkor-2” ko‘chasining nomi “Charos” nomiga, “Nafis-2” ko‘chasining nomi “Tojmahal” nomiga;

-Borot mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Mashhad” ko‘chasining nomi “Orasta” nomiga;

-Garmdon mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Obodlik” ko‘chasining nomi “Taraqqiyot” nomiga;

-Langar mahalla fuqarolar yig‘ini “Mardlik-1” ko‘chasining nomi “Olmos” nomiga, “Mardlik-2” ko‘chasining nomi “Chashma” nomiga, “Mardlik-3” ko‘chasining nomi “Ziyo” nomiga, “Mustaqillik-1” ko‘chasining nomi  “Yosh avlod” nomiga, “Mustaqillik-2” ko‘chasining nomi “Xumo” nomiga, “Bog‘ishamol-1” ko‘chasining nomi “Donishmand” nomiga, “Bog‘ishamol-2” ko‘chasining nomi “Bog‘bon” nomlariga o‘zgartirilsin.

4. Tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi yangi tashkil topgan  ko‘chalarga quyidagicha:

-Solijonobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yangi ko‘chaga “Nurli Hayot” nomi;

-Do‘rmon mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yangi ko‘chaga “Sadaf” nomi;

-Shodlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yangi ko‘chalarga “Bahor”, “Ziyonur”, “Gavhar” nomlari;

-Borot mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yangi ko‘chaga “Yashnaobod”

nomlari berilsin.   

5. Tumandagi tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar barcha tashkilot, idora, korxona va muassasalar ushbu qarorni ma'lumot uchun qabul qilsin.

6. Ushbu qaror matbuotda e'lon qilinsin.

         7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirish, oila, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.

 Kengash raisi,

tuman hokimi:                                                             I. Novikov