Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 71 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

UMUMXALQ HASHARI IKKI KUN BO‘LDI, AMMO INSONPARVARLIK, OBODONCHILIK ISHLARI YIL BO‘YI DAVOM ETADI

×

 2020-03-16 10:08:20    116

PDF yuklash
Chop etish


“Hashar - elga yarashar”, deya bejiz aytmagan dono xalqimiz. Har yili uyg‘onish, yasharish fasli bo‘lmish navbahor, qadimiy va go‘zal ayyomimiz Navro‘zi olam arafasida ko‘cha-ko‘ylar, mahallalarni obod qilish, yon-atrofni ozoda, pokiza, tartibli, saranjom holga keltirish o‘zgacha bir an'anaga aylanib qolgan.


Shu bois 11 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020 yil 14-15 mart kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida «Obod yurt» umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashari aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risidagi”gi farmoyishi e'lon qilindi. Ushbu farmoyishga ko‘ra umumxalq hasharini ko‘tarinki kayfiyatda, har yilgidan ham o‘zgacha bir shukuh bilan o‘tkazish belgilab olindi.

Ikki kun davom etgan hasharda tumanimizning barcha hududidagi mahallalar, ko‘p qavatli uylar va binolar, ta'lim muassasalari, hovlilar atrofi, guzarlar, ziyoratgohlar va qabristonlar, ariqlar, ko‘cha va yo‘laklarni hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirish, daraxtlarni oqlash va shakl berish ishlari olib borildi. 

Ushbu hashar tumanimizdagi maktabgacha ta'lim tashkilotida ham ko‘tarinki ruhda  o‘tkazildi. MTM xodimlari tomonidan ikki kun davomida obodonlashtirish ishlari olib borildi. Hududlarda mevali daraxt va gul ko‘chatlari o‘tqazildi. Mavjud daraxtlarga esa shakl berildi va oqlandi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati