Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘G‘IRCHOQLAR “TILGA KIRGANDA”

×

 2020-03-13 16:23:04    142

PDF yuklash
Chop etish


Dunyoda bolajonlar kulgusiyu, shox-shodon qiyqirigidan-da begubor narsa bolmasa kerak. Osmon misol musaffo, tim qora kozlarini sizga qadagancha, biyron tilda tinmay savol berayotgan, murgak qalbi bilan olamdagi ajoyibotlarni organishga, mushohada qilishga urinayotgan bolakaylarning nurli chehrasiga boqqan har qanday inson hayot tashvishlarini unutadi. Zero, bugun qoshtepalik bolajonlarning chehrasiga boqar ekanmiz, aynan osha hayrat va quvonchni kordik.

13 mart kuni tumandagi 15-sonli  Bolalar musiqa va san'at maktabi bolajonlar bilan limo-lim to‘ldi. Bu dargohga viloyat qo‘g‘irchoq teatrining jamoasi tashrif buyurishdi. Teatr repertuaridan joy olgan “Karvon saroy” spektakli bolajonlarga namoyish etildi. Qo‘g‘irchoqlar sahnada jonlanib, tilga kirdilar va ushbu spektakl jajji tomoshabinlarga manzur bo‘ldi. Aktyorlarning qo‘g‘irchoqlarni mahorat bilan o‘ynatishlari o‘quvchilarning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati