Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

8 MART GO‘ZALLIK VA NAFOSAT AYYOMI

×

 2020-03-07 16:28:07    110

PDF yuklash
Chop etish


8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Qo‘shtepa tumanidagi "Shodlik" to‘yxonasida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 300 nafardan ziyod tumandagi keksa onaxonlar, opa-singillar ishtirok etishdi.



Tadbirda tuman hokimi I. Novikov bayram munosabati bilan xotin-qizlarni tabriklab, ularga ezgu tilaklarini bildirdi.

Bayram tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan ta'sis etilgan “Mo‘'tabar ayol” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lgan Tojixon Abduqodirovaga yuksak nishon topshirildi.

8-mart Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Vatanimiz taraqqiyotiga qo‘shgan samarali hissasi hamda ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroklari uchun bir qator opa-singillarimiz tuman hokimligining sovg‘alari bilan mukofotlandilar.

Shuningdek, dasturxon atrofida yig‘ilgan ayol-qizlarga bayram konsert dasturi namoyish etildi.

Balandmasjid MFYda istiqomat qiluvchi 90 yoshli onaxon Raximaxon aya Fozilova tomonidan ijro etilgan xalq qo‘shig‘i tadbir  ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.


Kuy-qo‘shiqqa, qo‘shiqlar raqslarga ulanib, tadbir qatnashchilari maroqli dam oldilar.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati