Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TA'ZIM SIZGA AYOLLAR!!!

×

 2020-03-07 09:05:45    164

PDF yuklash
Chop etish


QUTLOV

Muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar! Ona tabiat chiroy ochib, atrof-muhit yashil libosga burkanib, bahor tarovati olamga fayz kiritayotgan shukuhli damlarda sizlarni 8-mart Xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz.

Biz bugun Yaratganning mo‘'jizasi bo‘lmish ayol siymosi oldida, mehribon onalarimiz qarshisida bosh egib ta'zim bajo keltiramiz, opa-singillarimizga samimiy tilaklar bildiramiz.

Bu dunyoda shirin va ahil, baxtli hayot uchun poydevor yaratib, oilani mustahkam oila qiladigan, biz uchun sevgi muhabbat, vafo va sadoqat timsoli bo‘lib kelayotgan siz, go‘zal va betakror, sadoqatli ayollarga yana bir karra hurmat va ehtiromimizni bayon etamiz.

Aziz va qadrli opa-singillar! Bamisoli bahor elchisi bo‘lib kelayotgan, o‘zingizdek go‘zal va dilbar bugungi qutlug‘ ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz! Doimo oilangiz va farzandlaringiz, el-yurtimiz ardog‘ida bo‘ling, umringiz uzoq, iqbolingiz ziyoda bo‘lsin!

Tuman hokimligi