Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AYOL BORKI - OLAM MUNAVVAR!!!

×

 2020-03-07 08:24:12    119

PDF yuklash
Chop etish


Muhtarram ayollar! Aziz opa-singillar!

Barchangizni bahorning ilk ayyomi 8 mart - nafosat va go‘zallik tantanasi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

 

Ayol - millat kelajagi, hayot davomchisi. Xotin-qizlar e'zozlangan, qadrlangan yurtning buguni va ertasi farovon bo‘ladi. Ayol mehnati bilan jamiyat to‘laqonli rivojlanadi, taraqqiy etadi.

 

Aslida, Siz aziz ayollarni hech ikkilanmay ko‘klam fasli bo‘lmish bahorga qiyos etish mumkin. Uning har bir tashrifi ko‘ngillarni ilitadi, qalblarni yoshartiradi.

 

8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan Qo‘shtepa tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan markazga tashrif buyurgan aziz opa-singillarimiz va onalarimizni bayram bilan muborakbod etdilar.

 

Shuningdek, tumandagi Sarmozor mahallasida uzoq yillardan buyon ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan  Axmedova Muxtaramxonona  xonadoniga borib, nogironlik aravachasi bayram sovg‘asi tarzida berildi.

 

Tumandagi markaziy shifoxonasi hamda yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bemor opa-singillarimizni xolidan xabar olinib ularga bayram sovg‘alari taqdim etildi.

 

 

Akmaljon ABDUKARIMOV,

Qoshtepa tuman Davlat xizmatlari markazi direktori