Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI

×

 2020-03-06 16:15:59    114

PDF yuklash
Chop etish


Fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, aholi bilan ochiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish - bugunning dolzarb vazifalaridan biridir. Qolaversa, bu jarayon har bir rahbarga alohida mas'uliyat yuklab, xalq dardi bilan yashash, muammolarga yechim izlashga undaydi.

Tuman hokimi I. Novikov tomonidan Soxibkor MFYda o‘tkazilgan sayyor qabulda mazkur hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarning turli sohalarga oid muammolari, talab va takliflari eshitildi.

Xususan, qabul chog‘ida fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoyalash, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etishga alohida e'tibor qaratildi. Fuqarolarning tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit olish, ichimlik suvi ta'minoti, yo‘llarni ta'mirlash, elektr simyog‘ochlari o‘rnatish bilan bog‘liq murojaatlari birma-bir muhokama qilindi.

Qabul davomida har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, masalaga daxldor tashkilot va korxonalar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati