Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HAMKORLIK

×

 2020-03-02 11:50:51    112

PDF yuklash
Chop etish


Umumta'lim maktablari faoliyatini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy va pedagogik mahoratini, o‘quvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga qiziqishini oshirish, oliy ta'lim muassasalari va umumta'lim maktablari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida Qo‘shtepa tumani XTBga qarashli 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabida Oliy ta'lim muassasasi va maktab hamkorligi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari hamda Andijon Davlat Tibbiyot instituti Umumiy jarrohlik kafedrasi professori Y. Egamov qatnashdi.

Y. Egamov o‘quvchilarga Andijon Davlat Tibbiyot institutining faoliyati haqida ma'lumot berdi. Tayyorlab kelgan taqdimoti bo‘yicha tibbiy bilimlarini barchaga ulashib, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati