Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga MUNOSABAT

×

 2020-01-19 11:00:02    100

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlar orqali joriy yilning 18-yanvar kuni “Ogʼir sharoitda yashayotgan xalqqa “Yangi Oʼzbekiston” degan shior juda kulgili eshitiladi” sarlavhasi ostida xabar tarqatildi.

Unda aytilishicha, “Qoʼshtepa tumanida chiroq muttasil oʼchmoqda. Xalq zulmatda oʼtiribdi, amaldorlar esa yorugʼ va issiq uylarda yashamoqda” – deya shikoyat qilingan.

Ushbu holat yuzasidan Qoʼshtepa tumani elektr taʼminoti korxonasi tumanda chiroq muttasil oʼchayotgani haqida yozilgan xabar boʼyicha quyidagilarni maʼlum qiladi:

2020 yilning 18-yanvar kuni xabar kim tomonidan eʼlon qilingani va tumanning qaysi hududida chiroq muttasil oʼchayotganini aniqlash imkoni boʼlmadi.

Tuman hududida GESlarimizda yoqilgʼi yetishmayotganligi sababli bir necha kun mobaynida quvvat tanqisligi vaqtlarida sutka davomida 4-6 soatdan uzilishlar boʼlgan, hozirda taʼminotdagi uzilishlar vaqti keskin kamaygan.