Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XITOYLIK INVESTORLАR BILАN HАMKORLIK

×

 2020-01-09 11:51:53    97

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanida xorijiy investitsiyalarni jalb etish, aholi farovonligini oshirish yo‘lida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Kuni kecha Xitoy Xalq Respublikasining bir qator investorlaridan iborat delegatsiya tumanga tashrif buyurdi. Mehmonlarni tuman hokimining o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Xurshidjon Аhmedov boshchiligidagi mutaxassislar kutib oldi.

Investorlar tumanda qog‘oz mahsulotini ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifini bildirdilar.

Mehmonlarga taklif etilgan binolardan “Sohibkor” MFY hududida joylashgan “Marg‘ilon taʼmirlash mexanika zavodi” MChJ binosi maʼqul keldi va o‘zaro memorandum tuzishga kelishib olindi.