Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Bosh qomusimiz – baxtimiz poydevori

×

 2019-12-07 10:57:25    137

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda Konstitutsiyamiz asosida milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllandi. Bugungi kunda barcha jabhalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora o‘sib bormoqda. Bularning barchasi, eng avvalo, Bosh qomusimizning hayotbaxsh kuch-qudrati natijasidir.

Bosh qomusimiz qabul qilingan kunning 27 yillik bayrami yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda.

Xususan, tumanimiz markazida joylashgan 15-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining konsert zalida ushbu sana munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.


Tadbirni tuman hokimi Ilyos Novikov tabrik so‘zi bilan ochib, xalqimiz ijtimoiy-siyosiy, huquqiy tafakkurining yuksak namunasi bo‘lgan Konstitutsiyamiz yurtimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotganini alohida eʼtirof etib o‘tdi.


Darhaqiqat, Bosh qonunimiz halqimizning kelajakka, yorug‘ kunlar kelishiga bo‘lgan ishonchini mustahkamladi. Ezgu maqsadlar tevaragida bir jon – bir tan qilib birlashtirdi, sinovlardan o‘tishida ruhiy va maʼnaviy madad bo‘ldi. Inson haqida g‘amho‘rlik, uning qonuniy mafaatlarini himoya etish, huquqlarini taʼminlash asosiy tamoyil hisoblanadi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi negizida aholini ijtimoiy muhofazalashga qaratilgan yuzdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Bayram dasturi davomida tanlovlarda faxrli o‘rinlarni egallagan faol yoshlar tuman hokimligining faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Elimiz ardog‘idagi sohirnafas sanʼatkorlar ijrosidagi Ona-Vatan, jannatmakon yurtni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar jarangi hamda 15-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi iqtidorli o‘quvchilarining badiiy chiqishlari tadbirga yanada ko‘tarinkilik ulashdi.