Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O'zbekiston bayrog'i - yurtimning iftixori

×

 2019-11-18 17:49:31    302

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 28 yillik shodiyonasi yurtimizning har bir hududida ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda. Markaziy ko‘chalar bo‘ylab davlatimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘targan holda yurishlar yurtdoshlarimiz ko‘nglini faxr va iftixor tuyg‘ulariga to‘ldirdi.

Ushbu sana munosabati bilan Qo‘shtepa tumanidagi Yoshlar markazida ham bayram tadbiri tashkillandi.

Tadbirda tuman hokimi Ilyos Novikov ishtirok etib, barcha tumanimiz aholisini bayrog‘imiz qabul qilingan kun munosabati bilan samimiy tabrikladi. Tumanimiz hokimi bayrog‘imizda aks etgan ranglarning o‘ziga xosligi hamda har birining alohida maʼnolarga ega ekanligini taʼkidlab o‘tdi.


Tadbir davomida Vatanni, tinchlikni tarannum etuvchi sheʼrlar, honandalar tomonidan yangragan kuy-qo‘shiqlar jarangi barcha tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.