Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tadbirkorlar jamiyatda eng asosiy yetakchi kuchga aylanadi

×

 2019-11-17 07:46:21    263

PDF yuklash
Chop etish


Yildan-yilga yangilanib borayotgan O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, ish o‘rni yaratib, ko‘plab oilalar iqtisodi uchun o‘z hissasini qo‘shayotgan ishbilarmon tadbirkorlarimizga davlatimiz rahbari va barcha darajadagi rahbarlar tomonidan keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi ertangi kunimiz farovonligi va yurtimizning jahon bozoriga o‘z mahsulotlari bilan kirib borishiga imkoniyat yaratmoqda.

Davlatimiz rahbari boshchiligida shu yilning 7 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan tashabbuslar, tadbirkorlar uchun yaratilishi ko‘zda tutilgan yangi imkoniyatlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida tuman hokimi I.Novikov tadbirkorlar bilan uchrashdi.


Uchrashuvda tuman hokimi endilikda tadbirkorlar o‘z biznesi bilan shug‘ullanishida hech qanday to‘siqlar bo‘lmasligi va barcha darajadagi rahbarlar ularga ko‘mak berishga tayyor ekanligini taʼkidlab o‘tdi hamda tadbirkorlarga murojaat qilib, tumanimizni yangilanayotgan O‘zbekistonimizning har sohada rivojlangan eng oldi tumanlaridan biriga aylanishi uchun birdamlikda harakat qilishga chaqirdi.