Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tumanimizda og‘ir hudud qolmasligi kerak!

×

 2019-11-16 23:01:28    239

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan, qishki mavsumga tayyorgarlik ko‘rish, fuqarolarning eʼtirozlari va murojaatlariga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish maqsadida barcha darajadagi hokimlar va sektorlar rahbarlari tomonidan 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar har kuni hududlardagi aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi belgilandi.

Bunda asosan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi past, chekka va olis hududlardagi muammolarning yechimini taʼminlash, aniqlangan muammolarni imkon qadar joyida hal etilishiga erishish, muddat va mablag‘ talab etadigan masalalar bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bugun tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov hamda tumandagi barcha tashkilot rahbarlari “Nurafshon” va “Istiqbol” MFY fuqarolari bilan uchrashdilar.

Uchrashuvda tuman hokimi bu yil paxta rejasini birinchi bo‘lib bajarganligimiz uchun tumanimizga 5 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratilganligi va ushbu mablag‘ni qaysi sohalar kesimida taqsimlanganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.


Shuningdek, uchrashuvda mahalla faollari tomonidan hududdagi yechimini kutayotgan muammolar bo‘yicha tuman hokimiga murojaat qildilar.  Murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot vakillari muammoning yechimi va aniq muddatini aytib o‘tdilar.


Uchrashuvlar davom etmoqda