Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tibbiyot хodimlari kuni munosib nishonlandi

×

 2019-11-10 16:58:10    167

PDF yuklash
Chop etish


2006 yil 12-sentyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq mamlakatimizda noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi shifokorlarning kasb bayrami sifatida har yili tantanali nishonlanib kelinadi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi tomonidan ushbu kun munosabati bilan tumandagi barcha tibbiyot xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi I.Novikov tibbiyot xodimlarini xalq bilan birga bo‘lib, har bir aholining xonadonlariga tibbiy madaniyatni, sog‘lom turmush tarzini olib kirishlari, ularning dardiga shifo, qalbiga malham bo‘lishlari kerakligini alohida taʼkidlab o‘tdi va soha xodimlarini kasb bayramlari bilan samimiy tabrikladi hamda sovg‘alar ulashdi.

Sanʼatkorlar tomonidan yangragan kuy, qo‘shiqlar jarangi, raqslar ketma-ketligi tadbirning yanada ko‘tarinki kayfiyatda o‘tishini taʼminladi.