Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Vatanimizni asrab-avaylash har birimizning muqaddas burchimizdir

×

 2019-11-07 17:19:43    266

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumani hokimligi Madaniyat bo‘limi Madaniyat markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi hamda Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamkorligida tumandagi Madaniyat va yoshlar markazida “Vatanparvarlik oliy fazilat” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Barkamol avlod tarbiyasi yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning yana bir yorqin isboti bo‘lgan mazkur tadbir yoshlar qalbida vatanparvarlik, mardlik, jasorat tuyg‘ularini uyg‘otish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi raisi Аbulqosim Аbdumalikov ochib berdi va bugungi kunda yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan oqilona foydalanish kerakligini taʼkidlab o‘tdi.


Tadbir davomida Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan namoyish etilgan jangovor sahna ko‘rinishlari barcha ishtirokchilarga birdek manzur bo‘ldi. Shuningdek, Madaniyat markazi xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi tadbir qatnashchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.




Lazizxon SАIDOV,

Qo‘shtepa tumani Madaniyat bo‘limi bosh mutaxassisi