Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Jaholatga qarshi – maʼrifat zarur

×

 2019-11-06 17:24:43    173

PDF yuklash
Chop etish


Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qo‘shtepa tuman bo‘linmasi hamda “Suvoqava” DUK Qo‘shtepa tuman filiali hamkorligida davlatimiz rahbarining joriy yilning 4 sentyabr kungi “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini joylarga yetkazish va ijrosini taʼminlash maqsadida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda tuman IIB, tuman “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, tuman bosh imom xatibi, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi aholi o‘rtasida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy va maʼrifiy sohalardagi islohotlarni, qabul qilinayotgan qarorlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishdan iboratdir.


Davra suhbati davomida maʼruzachilar jahonda g‘oyaviy va mafkuraviy kurashlar avj olayotgan hozirgi davrda yoshlar o‘rtasida milliy urf-odat, anʼanalar va qadriyatlarimizga bepisandlik, zararli yot g‘oyalar taʼsiriga berilish, jinoyatchilik va ekstremizm harakatlariga adashib qo‘shilib qolish, tinchlik va osoyishtalik, mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga, qadriyat urf-odat va insonparvarlik g‘oyalariga xavf soluvchi turli ichki va tashqi kuchlar to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdilar.


Nodirbek OTАBEKOV,

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qo‘shtepa tuman bo‘linmasi rahbari