Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Fuqarolarning roziligini taʼminlash ularning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi

×

 2019-11-02 12:56:02    175

PDF yuklash
Chop etish


Solijonobod mahalla fuqarolar yig‘inida Qo‘shtepa tumani hokimi, tuman 1-sektori rahbari Ilyos Valeriyevich Novikovning tuman fuqarolari uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan fikrlari mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari uchun dasturilamaldir. Ushbu ish uslubi tuman rahbarlari uchun aholi kayfiyatini o‘rganish, ularning muammolarini vaqtida yechishga imkoniyat beradi.

Bugungi qabulda 40 nafardan ziyod fuqarolar tomonidan tibbiy muolaja, nogironlik aravachasi bilan taʼminlash, ishga joylashish, tadbirkorlik, ko‘chalarni asfaltlashtirish, gaz balon bilan taʼminlash ichimlik suvi ko‘chalar taʼmiri va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar qilindi.


“Kichik Beshkapa” MFY Nurafshon ko‘chasi 23-uyda yashovchi fuqaro Muhabbatxon Yusupova dadasi Mamasiddiq Sobirov uchun, “Do‘stlik” MFY Iltifot ko‘chasi 9-uyda yashovchi fuqaro Malohatxon Jalolova farzandi Nodira Аbdusamiyeva uchun, “Qiyqi” MFY Chinortepa ko‘chasi 30-uyda yashovchi fuqaro Zamiraxon Karimova onasi Melixon Mamatova uchun, “Do‘rmon” MFY Do‘rmon 172-uyda yashovchi fuqaro Аxrorjon Mamajonov onasi Boqiyaxon Mamajonova uchun, “Qoraqushchi” MFY Turon ko‘chasi 6-uyda yashovchi fuqaro Tojiboy Sayfutdinov dadasi Аnvarjon Sayfutdinov uchun, “G‘ishtmon” MFY Fidoiy ko‘chasi 20-uyda yashovchi fuqaro Rustamjon Xaydarov onasi Rahbarxon Tuxliyeva uchun nogironlik aravachasi so‘rab murojaat qildilar. Murojaatlar joyida ko‘rib chiqildi va ushbu fuqarolarning masalasi ijobiy hal etilib, shu yerning o‘zida nogironlik aravachalari berildi.


“Qamishtepa” MFY Serquyosh ko‘chasida yashovchi fuqaro Gulnora Аkbarova, “Kattaboltako‘l” MFY Farovon ko‘chasida yashovchi fuqaro Ziyoda Qodirova, “Yo‘ldoshobod” MFY Toshbuloq ko‘chasida yashovchi fuqaro Аbduqaxxor Mahmudov, “Langar” MFY Bog‘ishamol ko‘chasida yashovchi fuqaro Аnvarjon Tojiboyev, “Yangiariq” MFY Yangibo‘ston ko‘chasida yashovchi fuqaro Rashidaxon Siddiqova, hamda “Qamishtepa” MFY Chorbog‘ ko‘chasida yashovchi fuqaro Mirzohid Аkbarovlar tomonidan qish mavsumi yaqinligi bois, gaz balon bilan taʼminlashda amaliy yordam so‘rab murojaat qildilar. Ularning oilaviy sharoitlari inobatga olingan holda har birlari uchun alohida gaz balonlari tarqatildi va joyida rasmiylashtirildi.


“Shahartepa” MFY Hamjihatlik ko‘chasida yashovchi fuqaro Jannatxon Ro‘ziboyeva bir necha yillardan buyon muloqot qilish chog‘ida quloqlari orqali eshitishga qiynalib keladi. Tuman hokimining ommaviy qabulidan xabardor bo‘lib, dardiga davo topish maqsadida qabulda ishtirok etdi. Ushbu kun Jannatxon onaning quvonchli kunlaridan biri sifatida yodida qoldi. Sababi onaxonning murojaati ijobiy hal etilib, eshitish moslamasi bilan taʼminlandi.


Shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasida ham qator murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ular ham qonun doirasida hal etish uchun yo‘naltirildi.


Bunday tadbirlar fuqarolarning roziligini taʼminlash va aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


Qo‘shtepa tumani hokimligi axborot xizmati