Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Kun.uz tahririyatining “Mashinalar bu yerdan oynalarini yopib o‘tadi” – Qo‘shtepada aholi zaharli tutun ichida yashamoqda nomli maqolasiga Qo‘shtepa tumani hokimligi axborot xizmatining munosabati

×

 2019-10-31 10:11:43    169

PDF yuklash
Chop etish


Kun.uz saytida 29 oktyabr kuni Zafarbek Solijonov muallifligida “Mashinalar bu yerdan oynalarini yopib o‘tadi” – Qo‘shtepada aholi zaharli tutun ichida yashamoqda nomli tanqidiy maqola eʼlon qilindi.

Maqolada Qo‘shtepa tumani “Xumdon” mahallasidan bir guruh fuqarolar hududdagi chiqindixonadan tarqalayotgan tutun aholi sog‘ligiga jiddiy havf tug‘dirayotganligi va bir necha tashkilotga murojaat qilinganiga qaramay muammo ijobiy hal etilmaganligi bayon etilgan.

Mazkur maqola tuman hokimligi va boshqa masʼul idoralar vakillari ishtirokida atroflicha o‘rganildi.

O‘rganishlar bo‘yicha shuni maʼlum qilamizki, Farg‘ona shahar “Toza hudud” DUK filialiga qarashli bo‘lgan, Farg‘ona tumani “Satkak” qishlog‘i hududida joylashgan Farg‘ona Markaziy chiqindixonasi 1979 yilda tashkil etilgan bo‘lib, umumiy maydoni 72 gektardan iborat.

Ushbu Markaziy chiqindixonaga Farg‘ona shahrida yashovchi aholi tomonidan hosil bo‘lgan qattiq maishiy chiqindilar olib kelib joylashtirilib kelinadi.

Chiqindixonaga biriktirilgan Farg‘ona shahar “Toza hudud” DUK filialiga qarashli Buldozer texnikalari Markaziy chiqindixonaga tashlangan chiqindilarni o‘z vaqtida tartibga keltirilmaganligi, chiqindi uyumlarini ortib borganligi natijasida yong‘in kelib chiqib, hududda yashovchi fuqarolarning noroziligiga sabab bo‘lgan.

Yuqorida aniqlangan holatlarni bartaraf etish bo‘yicha viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda viloyat “Toza hudud” DUK tomonidan tezkorlik bilan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

2019 yil 30 oktyabr kuni amalga oshirilgan ishlar natijasida 550 m2 tartibsiz tashlangan chiqindi uyumlari tekislanib, ustki qismi tosh shag‘al bilan ko‘mildi.


Qo‘shtepa tumani hokimligi axborot xizmati