Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Xalq deputatlari Qo‘shtepa tumani kengashining navbatdan tashqari 70-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

×

 2019-10-23 18:10:49    173

PDF yuklash
Chop etish


Sessiyada Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudining raisi lavozimiga munosib deb topilgan nomzodga jamoatchilik roziligini olish, viloyat hokimining 2019 yil 18 oktyabr kungi 407-F-sonli farmoyishi, tumanda yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman komissiyasining xulosalari, viloyat hokimining 2019 yil 27 sentyabr kungi 369-F-sonli farmoyishining 5-bandi ijrosini taʼminlash kabi kun tartibiga qo‘yilgan masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya kun tartibining 1-masalasida jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudining raisi lavozimiga tavsiya etilgan nomzodning tarjimai holi, kasbiy fazilatlari haqida maʼlumotlar tinglandi hamda Ergashev Аvazjon Yigitalievich ushbu lavozimga tayinlandi.

Bu yil tumanimiz qishloq xo‘jaligi respublika miqyosida yuqori natijalarga erishganligini alohida taʼkidlab o‘tish lozim. Xususan, Boshoqli don va paxta yetishtirishda belgilangan rejalar ortig‘i bilan bajarildi.

Qo‘shtepa tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga asosan ichki yo‘llarni taʼmirlash, aholi yashash punktlarida toza ichimlik suvi taʼminoti hamda boshqa infratuzilma obyektlarini yaxshilash va ijtimoiy soha muassasalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun ajratilgan mablag‘lardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha kun tartibiga qo‘yilgan masala yuzasidan qaror loyihasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Sessiya kun tartibidagi 3-masala tumanda yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman komissiyasining xulosalari tinglandi va 4-masala viloyat hokimining 2019 yil 27 sentyabrdagi 369-F-sonli farmoyishining 5-bandi ijrosini taʼminlash, yaʼni tuman hokimligining bosh nashri bo‘lmish “Istiqbol yo‘li” gazetasini moliyalashtirish va obunasini tashkil etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Xalq deputatlari Qo‘shtepa tumani kengashining navbatdan tashqari 70-sessiyasi kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.