Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan - ona tilim

×

 2019-10-21 16:53:17    283

PDF yuklash
Chop etish


Til xalqning, millatning tarixi, madaniy merosi, turmush tarzi, urf-odat va anʼanalarini o‘zida mujassamlashtirib, ajdodlardan avlodlarga o‘tishini taʼminlaydi. Milliyligimiz, buyuk tariximiz, yuksak maʼnaviyatimizni o‘zida mujassam etgan o‘zbek tili sofligi va jozibasini saqlash, uni boyitish va kelajak avlodga bus-butun holicha yetkazish zimmamizdagi masʼuliyatli vazifa sanaladi.

Mana bu yil 21-oktabr kuni ona tilimizga davlat tili maqomi berilganligiga 30 yil to‘ldi. Yurtimizning barcha go‘shalarida tilimizni madh etuvchi badiiy va madaniy-maʼrifiy tadbirlar, turli kechalar, konferensiyalar, tanlovlar o‘tkazilmoqda.

Qo‘shtepa tumani xalq taʼlimi bo‘limi tomonidan ham ushbu kun munosabati bilan umumtaʼlim maktablari, IDUMIlarida “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan - ona tilim!”, “Milliyligim belgisisan, ona tilim”, “Jonajon tilim”, “Ona tilim - faxrim mening”, “Naqadar ulug‘san - ona tilimsan” mavzularida bilimdonlar bellashuvi, ko‘rgazmali ochiq darslar, insholar tanlovi o‘tkazildi. O‘quvchilarning o‘z ona tili haqidagi fikrlari, uni qanchalik eʼzozlashlari o‘tkazilgan tadbirlarda aytgan sheʼr va qo‘shiqlari orqali o‘z isbotini topdi.

Ona tilimizni qadrlash, asrab-avaylash har birimizning insoniy ziynatimiz, fuqarolik burchimiz ekanligi yana bir bora kelajak avlod vakillariga ustozlari tomonidan tushuntirildi.