Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 71 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

5 tashabbus: Qo‘shtepa tumanida qanday ishlar amalga oshirildi?

×

 2019-10-21 11:30:03    195

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 mart kuni yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Unda ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan viloyat hokimining 2019 yil 16 apreldagi 132-F-sonli Farmoyishiga asosan tuman hokimining 2019 yil 19 apreldagi 53-F-sonli farmoyishi qabul qilindi. Farmoyish ijrosini taʼminlash maqsadida 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha tuman shtabi o‘z faoliyatini boshlagan.

Joriy yilning aprel oyida zamonaviy tipdagi “Yoshlar markazi” foydalanishga topshirildi. Yoshlar markazi qoshida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist so‘z ustasi Muhammadsiddiq Sherayev rahbarligida yosh askiyachilar to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Markazda aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida kompyuter, ingliz hamda rus tili to‘garaklari va jami 5 000 dona 135 turdagi ilmiy va badiiy adabiyotlar hamda 10 000 dona elektron adabiyotlar fondiga ega bo‘lgan yoshlar kutubxonasi tumandagi 51264 nafar yoshlar uchun xizmat ko‘rsatmoqda.

To‘rtinchi tashabbus – aholi, ayniqsa, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha tumandagi mavjud 2 ta kitob do‘konlarini 4 taga, 9 ta kutubxonalarni esa 12 taga, 3 ta kitobni targ‘ib qiluvchi ko‘rik-tanlovlarni 7 taga, 37 ming 250 ta kitoblarni 48 ming 700 tagacha oshirish hamda 2 ta yangi “BOOKLAND” xizmatini joriy etish orqali hozirda 49 ming 500 nafar kitobxonlar safini 58 ming 968 nafarga yetkazish bo‘yicha bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Аyni kunlarda ushbu yo‘nalishda qo‘shimcha 3 ta loyiha tasdiqlanib, Soy bo‘yi, Quvurboshi va Fayz mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholi va yoshlarga xizmat ko‘rsatuvchi xalq kutubxonasi tashkil etildi. Ushbu kutubxonalarga “Kitob karvoni” loyihasi orqali tumanimizga keltirilgan 3750 dona va homiylar tomonidan 2000 dan ortiq kitoblarni joylashtirilib foydalanishga topshirildi.

Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 maydagi “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3721-sonli Qaroriga asosan o‘tkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon” ko‘rik tanlovining bu yilgi viloyat bosqichi tumanimizda joylashgan mo‘jazgina “Yoshlar markazida” bo‘lib o‘tdi. “Yosh kitobxon” Respublika tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etish uchun viloyatimizning 19 ta tuman shaharlarida g‘olib deb topilgan iqtidorli kitobsevar yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu ko‘rik tanlovga Qo‘shtepa tumanining mezbonlik qilishi tumanimizda keyingi yillarda yoshlar tarbiyasi va ular uchun sharoitlar yaratish borasida bir muncha sezilarli ishlar amalga oshirilganligidan dalolat beradi.


Qoshtepa tumani hokimligi Аxborot xizmati