Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Saylovlar demokratik tamoyillar asosida oʻtadi

×

 2019-10-18 08:39:50    160

PDF yuklash
Chop etish


Markaziy saylov komissiyasi xalqaro matbuot markazining Fargʻona viloyati hududiy boʻlimida oʻtkazilgan matbuot anjumani joriy yilgi saylovga tayyorgarlik ishlariga bagʻishlandi.

Muhim siyosiy jarayonda Fargʻona viloyatidan 2 million 333 mingdan ziyod saylovchi ishtirok etishi kutilmoqda. Viloyatda Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazuvchi 17 ta, xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha 60, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi 567 okrug saylov komissiyasi tuzildi. Ularning komissiya tarkiblari tasdiqlanib, matbuotda eʼlon qilindi.

Markaziy saylov komissiyasining xalqaro matbuot markazi viloyat hududiy boʻlimi ham faoliyatini boshladi. Bu yerda barcha sharoitlar yaratilgan boʻlib, 20 ta kompyuter jamlanmalari internet tarmogʻiga ulandi.

Saylov kodeksining 89-moddasiga muvofiq, siyosiy partiyalarning viloyat kengashlari raisi tomonidan imzolangan xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashiga oʻtkaziladigan saylovda ishtirok etish toʻgʻrisidagi ariza hamda Adliya vazirligining siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilingan kundan kamida toʻrt oy oldin roʻyxatga olinganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomalar viloyat saylov komissiyasiga taqdim etildi. Kelib tushgan ariza va maʼlumotnomalar komissiya aʼzolari tomonidan koʻrib chiqildi va har bir partiyaga xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashi deputatlari saylovida qatnashishiga ruxsat berish toʻgʻrisidagi viloyat saylov komissiyasining qarori qabul qilindi. Beshta siyosiy partiyaning vakolatli vakillariga viloyat saylov komissiyasining mazkur qarori tantanali topshirildi.


M.SULAYMONOV, OʻzA