Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Saylovlarda ommaviy axborot vositalarining faoliyati bo‘yicha maxsus qo‘llanma chop etildi

×

 2019-10-14 15:08:14    160

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekistonda yagona saylov kodeksi ishlab chiqilishi munosabati bilan hamda bo‘lajak saylovlar oldidan maxsus “Saylov komissiyalarining axborot xizmatlari va ommaviy axborot vositalarining saylovlar jarayonidagi faoliyati” nomli qo‘llanma chop etildi. 

Respublika jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi va Markaziy saylov komissiyasi hamkorligi hamda Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti ko‘magidagi “Saylov kompaniyasini yoritishda O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarining imkoniyatini takomillashtirish masalalari” loyihasi doirasida tayyorlangan qo‘llanma jurnalistlar, axborot xizmatlari vakillari, media-ekspertlari hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan.

Risolada saylovoldi tashviqotlarini OAVda yoritish jarayonida eng ko‘p uchraydigan kamchiliklar va ularni bartaraf etish usullari, saylov kampaniyasini yoritishda jurnalist etikasi, saylov kampaniyasi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashda saylov komissiyalari axborot xizmatlarining roli bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. 

Qo‘llanma saylovoldi tashviqotlar, siyosiy tadbir davomida tarqaladigan soxta xabarlar va ularga qarshi kurashish usullari, fakt cheking haqida ma’lumotlar berilgani ham ahamiyatlidir.

Qo‘llanma mualliflari O‘zbekiston jahon tillari universiteti, xalqaro jurnalistika fakulteti dotsenti Beruniy Alimov hamda jurnalistlar Qobil Xidirov va Anora Sodiqovalardir.

Dotsent Beruniy Alimovning qayd etishicha, hozirda qo‘llanma Oliy o‘quv yurtlarida jurnalistika ta’limi yo‘nalishlarida keng foydalanilmoqda.

O‘zA